Samsung daromadi so‘nggi 14 yil ichida rekord darajada pasaydi

Samsung chiplarga talabning pastligi va smartfonlar bozoridagi pasayishdan aziyat chekdi va ikkinchi chorakdagi daromadlarda rekord darajada pasayish qayd etdi.
Ortiqcha taklif DRAM va RAM sanoatida narxlarni pasaytirdi. Bundan tashqari, smartfonlarga talab ham kamaydi. Samsung Electronics kompaniyasining daromadlari haqidagi hisobotiga ko‘ra, kompaniyaning daromadi 47,21 milliard dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 22 foizga, foydasi esa 95 foizga kamaygan. Bu 2009-yildan beri eng katta pasayishdir.
Samsung savdoni oshirishga yordam berish uchun ChatGPT kabi ilg‘or hisoblash modellari uchun DRAM va RAMga talab kutmoqda. Bu talab narxning yanada pastga tushishiga to‘sqinlik qildi.
Kompaniya asosiy e’tiborini DDR5, LPDDR5x va HBM kabi yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlarga qaratadi. Kompaniya, shuningdek, infratuzilma, tadqiqot va ishlanmalar va qadoqlash texnologiyalariga sarmoyani oshirishni kutmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter