Qualcomm kuchli yangi protsessorini taqdim etdi — Redmi smartfonlari navbatda birinchi

Qualcomm kompaniyasi o‘rta darajali Snapdragon 7s Gen 2 yangi protsessorini taqdim etdi. U Snapdragon 7 Gen 2 protsessorining yaxshilangan talqini bo‘lib, navbatdagi Redmi smartfonlaridan birida debyut qiladi.
Qualcomm Snapdragon 7s Gen 2 protsessori 4 nanometrli texnojarayonda ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2,4 GGs chastotali 4 ta ishlab chiqarish yadrosi, 1,95 GGs chastotali 4 ta energiya tejamkor yadroga ega. Grafik nimtizim vazifasini Adreno 710 bajaradi.
Ushbu protsessor yangilanish chastotasi 144 Gs bo‘lgan ekranlarni, 200 Mp gacha bo‘lgan kameralarni, 3200 MGs chastotali LPDDR5 toifali operativ xotiralarni hamda UFS 4.0 saqlagichlarni qo‘llab-quvvatlaydi. O‘rnatilgan Snapdragon X62 5G modemi mobil tarmoqlar orqali 2,9 Gbit/soniyagacha tezlikda ma’lumot uzatishni ta’minlaydi. Simsiz interfeyslardan Wi-Fi 6E va Bluetooth 5.2 bilan ishlaydi. Asosiy yo‘ldoshli navigatsiya tizimlari, jumladan QZSS, Galileo, BeiDou, NavIC, GLONASS va GPS (L1 + L5)ga moslashtirilgan.

Snapdragon 7s Gen 2 o‘rnatilgan ilk smartfon Redmi Note 13 Pro bo‘ladi. Xususiyatlaridan ko‘rinib turibdiki, protsessor aynan ushbu modelga moslab ishlab chiqilgan. Redmi Note 13 Pro+ smartfoni esa yana bir yangi protsessor — Dimensity 7200 Ultra (MediaTek) bilan ta’minlanadi. Bu smartfonlar 21-sentyabr kuni taqdim etilishi kutilyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter