Qo‘lda yozilgan matnni elektronga aylantiradigan gadjet

"Huawei" kompaniyasi elektron kitob ishlab chiqdi. U "MatePad Paper" deb ataladi. Ekran diagonali 10,3 dyuymga teng. Sensorli displey, simsiz Wi-Fi 6+ texnologiyasi bilan ishlaydi.
Yangi gadjetda qo‘l yozuvini aniqlash texnologiyasi mavjud bo‘lib, qo‘lda yozilgan matnlarni elektron terib chiqadi. U diktofon vazifasini bajara oladi va videofayllarni ham ko‘rish mumkin.
Kitob orqali elektron pochtani tekshirish, elektron taqvimni ishlatish, ilovalar ko‘chirib olish oson. Doimiy xotirasi 64 GB, operativ xotirasi 4 GB. Batareyaning ishlash muddati 28 kun. Elektron kitob bozorga chiqsa, taxminan 500 yevro atrofida bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter