Qizib ketgan smartfonni sovitib qo‘yadigan batareya
Sharge kompaniyasi o‘rnatilgan sovutish tizimi, RGB yoritgichi va Apple MagSafe magnit moslamasi bilan Icemag portativ batareyasini chiqardi. Sig‘imi 10 000 mA/s.ni tashkil etadi.
Sovitish tizimi avtomatik ravishda ishlaydi va faqat smartfon qizib keta boshlaganida yoqiladi. Simli quvvatlash 20 Vt, MagSafe simsiz rejimida esa 7,5 Vt.ga teng. Icemag bir vaqtning o‘zida ikkita qurilmani quvvatlashi mumkin. Biri sim orqali, ikkinchisi simsiz.
Gadjet og‘irligi 225 gramm, o‘lchamlari esa 115,2× 70,5 ×18 millimetr. To‘plamga portativ batareyaning o‘zi va 20 sm USB-C kabeli kiradi. Narxi 60 dollar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter