Qaysi kompaniya smartfoni olov purkasa ham yonmadi?
Bloger Zak Nelson YouTube-kanalida Samsung Galaxy S23 Ultra smartfonini turli usullar bilan sinab ko‘rdi. Ular ichida eng hayratlisi olov purkalgani bo‘ldi.
60 soniya ichida olov ostida qolgan displeyga hech narsa qilmadi. Chunki unda Gorilla Glass Victus 2 himoya oynasi bor edi.
Shuningdek, telefon apparati o‘rtasida bukib sindirishga uringanda, tig‘ tekkazilganda ham jiddiy ziyon yetmadi va mustahkamligini isbotladi. Bunday natijadan so‘ng bloger Samsung flagmani avval sinovdan o‘tkazilgan iPad 10 planshetidan ancha baquvvat ekan, degan xulosaga keldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter