Skuterlardan yasalgan mashina haydashga nima deysiz?
Maykl Rivz taxallusli bloger to‘rtta elektr skuterni metall ramka bilan birlashtirdi va o‘rtasiga o‘rindiq o‘rnatib, noodatiy avtomobil yasashga muvaffaq bo‘ldi.
Avtomobil harakatlanishi uchun faqat skuterlarning orqa g‘ildiraklari ishlatilgan va ulardan birini sekinlashtirish orqali mashinani boshqarish mumkin.
Qizig‘i shundaki, qo‘lda yasalgan mashina xavfsizlik xizmatining e’tiboridan negadir chetda qolgan.
Shunga qaramay, bloger o‘zining qo‘lbola qurilmasida butun Los-Anjelesni kezib chiqdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter