Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

OnePlus Open - brendning birinchi buklanadigan flagmani

OnePlus Open - brendning birinchi buklanadigan flagmani

Foto: Ichip.ru

Mashhur smartfon ishlab chiqaruvchisi OnePlus Open buklanuvchan ekranli birinchi qurilmasi - OnePlus Openni taqdim etdi.

OnePlus Open tashqi 6,31 dyuymli Super Fluid LTPO 3.0 AMOLED displeyiga ega. Ikkala ekran ham 2800 nitsgacha bo‘lgan eng yuqori yorqinlikni taklif qiladi.

Orqa panelda uchta Hasselblad kamerasi bo‘lgan katta dumaloq blok mavjud: 48 MP asosiy kamera, 48 MP ultra keng burchakli kamera va 3x optik zumli 64 MP telefoto linzalari. Bundan tashqari, qurilma ikkita selfi kamerasi bilan jihozlangan - ichki 20 MP va tashqi 32 MP.

16 Gb operativ va 512 Gb flesh xotira, Snapdragon 8 Gen 2 chip, 67 Vt quvvatga ega 4805 mA/s akkumulyator bilan ishlaydi. 42 daqiqada 1 foizdan 100 foizgacha quvvatlanadi.

Smartfon ko‘plab mamlakatlarda 1799 dollarga sotilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring