Mutlaqo yangicha Skoda Kodiaq ishlab chiqarilmoqda

Skoda kompaniyasi Chexiyadagi zavodda Kodiaq krossoverining yangi avlodini ishlab chiqara boshladi. Unga 12 million yevro ajratilgan. Mashina Kodiaq iV deb nomlanadi.
Ishlab chiqarish modernizatsiya qilingach, konveyrdan kuniga 410 ta krossover chiqadigan bo‘ladi. Yangi avtomobilning texnik xususiyatlari sanab o‘tilmadi, lekin gibrid bo‘lishi aniq.
Skoda Kodiaq 2016 yildan beri ishlab chiqariladi. Shu vaqtgacha 800 mingta mashina taqdim etilgan. Yangi turi shu yil kuzda namoyish etiladi, ammo sotuvga kelasi yil chiqariladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter