Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Marsning to‘liq xaritasi tayyor bo‘ldi

Marsning to‘liq xaritasi tayyor bo‘ldi

Foto: Ixbt.com

Xitoy milliy kosmik boshqarmasi Marsning birinchi to‘liq rangli xaritasini taqdim etdi. Bu Qizil sayyoraning sharqiy va g‘arbiy yarim sharlarining rangli xaritasi bo‘lib, fazoviy o‘lchamlari piksel uchun 76 metrni tashkil etadi.

Missiyaning orbital moduli sayyorani suratga olish va vizualizatsiya qilish bilan shug‘ullangan. 2021 yilning noyabridan 2022 yilning iyuligacha bo‘lgan sakkiz oy ichida zond kamerasidan Marsning 14 757 ta surati olingan. Xarita qizil sayyora yuzasini batafsil ko‘rish imkonini beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring