Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kompyuterlar savdosi o‘sadi, bunga sun’iy intellekt sababchi

Kompyuterlar savdosi o‘sadi, bunga sun’iy intellekt sababchi

Foto: Lifewire

Canalys tahlilchilariga ko‘ra, jahon kompyuterlar bozorida o‘sish kuzatiladi. Bu haqda agentlik saytida ma’lum qilindi.

Tahlilchilar 2023-yilning o‘zidayoq shaxsiy kompyuterlar (PC) savdosi tiklanishini kutishyapti — bozor to‘rtinchi chorakdan o‘sishni boshlaydi. Va bu 5 foizlar atrofida bo‘ladi. 2024 yilda jami sotilgan kompyuterlar soni 267 million donaga yetishi mumkin, bu 2023-yilgidan qariyb 8 foiz yuqori ko‘rsatkich.

Nega shu paytgacha savdo pasaygani ham tushuntirilgan. Bu pandemiya tufayli masofadan ishlash ko‘paygani bilan bog‘liq. Bo‘lg‘usi o‘sishning asosiy sababchilaridan biri sifatida sun’iy intellekt bilan ishlash uchun kuchli kompyuterlarga ehtiyoj oshishi ko‘rsatilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring