Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Janubi-Sharqiy Osiyoning eng yirik suzuvchi quyosh elektr stansiyasi ishga tushdi

Janubi-Sharqiy Osiyoning eng yirik suzuvchi quyosh elektr stansiyasi ishga tushdi

Foto: Nikkei Asia

Indoneziya prezidenti Joko Vidodo yangi ekologiya “mo‘’jizasi” —  suvda qurilgan ulkan quyosh elektr stansiyasi — Ciratani tantanali ochib berdi.

Foto: Nikkei Asia

G‘arbiy Yava provinsiyasidagi ushbu stansiya 2,5 kvadrat kilometr yoki 250 gektar maydonga ega bo‘lib, Janubi-Sharqiy Osiyoning eng yirik suzuvchi quyosh elektr stansiyasi maqomini oldi.

Chirata suv omborida joylashgan elektr stansiyasi loyiha qiymati 145 mln dollarga teng bo‘lib, Xitoyning PowerChina Huadong Engineering Corporation Limited, Indoneziyaning PLN hamda Birlashgan Arab Amirliklarining Masdar kompaniyalari tomonidan qurildi. Yillik quvvati — 192 MVt, 50 mingta xonadonni elektr bilan ta’minlab, havoga karbonat angidrid ajralishini yiliga 214 ming tonnagacha kamaytiradi.

Indoneziya tiklanuvchi energiya sohasida ulkan sakrashni amalga oshirmoqda, Cirata quvvatini 500 MVt gacha yetkazish rejalashtirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring