Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Indoneziyada iPhone 16 taqiqlandi

Indoneziyada iPhone 16 taqiqlandi

Xususan, qurilmadan sotish va foydalanish taqiqlandi. Bu Apple mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuvning barcha shartlarini bajarmaganidan keyin sodir bo‘ldi.

Shartnomaga ko‘ra, kompaniya mamlakatda muhandislik markazlarini yaratish uchun aniq belgilangan miqdorda mablag‘ sarflashi kerak edi, biroq Apple hali ham 15 million dollarga yaqin qarzdor edi.

Shu sababli Indoneziya sanoat vazirligi Apple qurilmalarini sotish uchun zarur sertifikatlarni berishdan bosh tortdi. Vaziyat bundan keyin qanday hal qilinishi hozircha noma’lum.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring