Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

iPhone qachon OLED displeylaridan voz kechadi?

iPhone qachon OLED displeylaridan voz kechadi?

Foto: The Verge

Apple yangi iPhonelarni o‘zining MicroLED displeyi bilan jihozlashni rejalashtirmoqda, bu esa joriy OLED displeylarga nisbatan yuqori yorqinlik, kam quvvat sarfi, yaxshilangan kontrast va boshqa afzalliklarni ta’minlaydi.

Apple Watch Ultra MicroLEDga o‘tgan birinchi Apple qurilmasi bo‘ladi. Aqlli soatlardan keyin iPhone va iPadlar keladi. Bu haqda MacRumours o‘z manbalariga ega bo‘lgan Tayvandagi DigiTimes nashriga tayanib yozmoqda.

Agar Apple Watch Ultra bir yoki ikki yil ichida MicroLED ekranga ega bo‘lsa, bu texnologiyadan foydalanadigan birinchi iPhone yana bir necha yildan keyin paydo bo‘lishi mumkin. Joriy yil oxirida chiqadigan barcha to‘rtta iPhone 15 modeli OLED displeylarga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring