Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

iPhone 15 Applening bu yilgi yagona yangiligi emas

iPhone 15 Applening bu yilgi yagona yangiligi emas

Foto: Aytishnik

Taniqli insayder Mark Gurman Apple kompaniyasi 2024-yilda qanday yangi mahsulotlarni taqdim etishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

U Bloombergdagi maqolasida kompaniya iyun oyida namoyish etgan virtual reallik bo‘yicha Vision Pro garniturasi birinchi chorakda sotuvga chiqishini yozgan.

Bundan tashqari, kompaniya Apple Watchning 10 yilligi sharafiga qurilmalar safini yana yangilamoqchi.

Bunday o‘zgarishlar sog‘liqni saqlash monitoringi bilan bog‘liq bir qator funksiyalarga ham ta’sir qiladi. Demak endilikda Apple Watchda tonometr ham paydo bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga iPad Pro ham bir qator yangilanishlarga ega bo‘ladi. Jumaladan, 11 va 13 dyuymli planshetlar OLED displey bilan jihozlanadi va ularning Magic Keyboard korpuslari metall bo‘lgani hisobiga uning dizayni MacBook uslubiga o‘xshab qoladi.

Siz Appledan yana qanday yangiliklar kutyapsiz?

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring