Intel ko‘zi ojiz dasturchilar uchun maxsus shrift ishlab chiqdi

Intel ko‘rish qobiliyati pastlarga mos keladigan dastur kodini yozish uchun maxsus shrift yaratdi. U ilovalar uchun hujjatlar va ularning ichidagi matnlarni ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan barcha odamlar uchun oson o‘qiladi. Intel One Mono deb nomlangan shrift Frere-Jones Type dizayn studiyasi va VMLY&R. marketing agentligi ishtirokida ishlab chiqilgan.
Yangi shriftda har bir harf yoki belgi bir xil miqdordagi gorizontal piksellarni egallaydi, bu ularni tanib olishda chalkashlikni yo‘q qiladi. Intel One Mono 200 ta lotin yozuviga asoslangan tillarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Shriftni yaratishda ko‘rish qobiliyati past koderlarning shaxsiy tajribasi hisobga olindi, buning uchun ba’zi harflarning dizaynini o‘zgartirishga to‘g‘ri keldi. Shrift mualliflari hal qila olmagan yagona narsa qavslar edi, hozirda maxsus jingalak qavslarni yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter