Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilk bor Android smartfoni sifati bo‘yicha iPhonedan o‘zib ketadi

Ilk bor Android smartfoni sifati bo‘yicha iPhonedan o‘zib ketadi

Foto: Yandex.ru

OnePlus kompaniyasi mobil qurilmalar uchun tebranish dvigatellari bo‘yicha yetakchi bo‘lgan AAC Technology bilan hamkorlikda sanoatda yetakchi bo‘lgan tebranish motorini yaratdi.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, OnePlus 12 ikkinchi avlod bionik tebranish dvigateliga ega bo‘ladi, bu uning sanoatda raqobatchilaridan ham ustun bo‘lishini ta’minlaydi.

Eng muhimi, ilk bor Android smartfoni tebranish sifati bo‘yicha iPhonedan o‘zib ketadi. OnePlus 11 bilan taqqoslaganda, tebranish dvigatelining harakatlantiruvchi kuchi 18 foizga va o‘tkazish qobiliyati 102 foizga oshdi. Ushbu tebranish dvigateli ishga tushirish va to‘xtash tezligi bo‘yicha bozorda tengi yo‘qligi aytilmoqda.

Boshqacha qilib aytganda, u foydalanuvchining barcha harakatlariga ancha aniqroq va tezroq javob beradi.

Bunga esa eng so‘nggi CCA+ magnit sxemasi texnologiyasi orqali erishiladi. OnePlusni mag‘lub eta oladigan yagona narsa – bu OnePlusning o‘zidir.

Shuningdek, OnePlus yangi tebranish dvigatelining imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish uchun butun tizimning ishlashini optimallashtirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring