Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

HUAWEI WATCH D aqlli soati yanada foydali xususiyatlarga ega bo‘ldi

HUAWEI WATCH D aqlli soati yanada foydali xususiyatlarga ega bo‘ldi

Foto: 4PDA

HUAWEI kompaniyasi WATCH D aqlli soati uchun proshivka yangilanishini chiqardi va uning funksiyalari ro‘yxatini kengaytirdi.

Aksariyat innovatsiyalar foydalanuvchining soatdan foydalanish jarayonlarini yanada soddalashtirishga qaratilgan.

Eng sezilarli o‘zgarish uyqu rejimining qayta ishlangani bo‘lib, endilikda siz soat ekranini yoqish uchun shunchaki qo‘lingizni ko‘tarsangiz bas.

Bundan tashqari, milliy bayramlarda budilnik avtomatik ravishda o‘zi o‘chadi va ilovalar ham kontekst menyusi yordamida bir zumda ochiladi. Qolaversa endi bir vaqtning o‘zida 10 tagacha bildirishnoma o‘rnatishingiz mumkin.

Kelgusida operatsion tizimning barqarorligini yaxshilash va aqlli soat interfeysi ishlashini optimallashtirish ham ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring