Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gonkong ilk fazoviy yo‘ldoshini uchiradi

Gonkong ilk fazoviy yo‘ldoshini uchiradi

Foto: CNS

Gonkongning xususiy HK Aerospace Technology Group kompaniyasi Yerni masofaviy zondlovchi yo‘ldoshi — Hong Kong Star ustidagi sinovlar muvaffaqiyatli o‘tganini e’lon qildi. Bu Gonkongning o‘zida ishlab chiqarilgan ilk fazoviy qurilmadir.

Yo‘ldoshni uchirish noyabr oyi oxirlariga mo‘ljallangan. Reketa uchiriladigan dengiz start maydonchasi Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasi yaqinida joylashgan.

Hong Kong Star yuqori yechimli optik tizim bilan ta’minlangan, bu Yerni masofadan zondlash, iqlim o‘zgarishlari va ob-havodagi o‘zgarishlarni tahlil qilish uchun yuqori sifatli suratlar olish imkonini beradi. Yo‘ldoshdan turli tabiiy ofatlarlar haqida oldindan ma’lumot to‘plash, “aqlli” shaharlarni loyihalashtirishda foydalanish ko‘zda tutilmoqda.

HK Aerospace Technology Group vakillari bayonotiga ko‘ra, yiliga turli vazifalar uchun mo‘ljallangan kamida 300 tadan tijoriy yo‘ldosh uchiriladi. Bundan tashqari, fazoda 720 ta qurilmadan iborat Hong Kong Star yo‘ldoshlari guruhini shakllantirish mo‘ljallangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring