Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hech bo‘lmasa elektron kitob o‘qing...

Hech bo‘lmasa elektron kitob o‘qing...

Foto: "Ixbt.com"

"Xiaomi" kompaniyasi diagonali 5,84 dyuym E-ink ekranli elektron kitobni taqdim etdi. U "Moaan InkPalm Plus" deb nomlanadi. Hech bo‘lmasa elektron kitob ko‘rinishidagi mutolaani maqsad qilganlar oldindan 164 dollar to‘lab, unga buyurtma berishlari mumkin.

Gadjet Rockchip RK3566 tizimi bilan ishlaydi. Old tomondan yoritilgan displey mutolaa uchun juda qulay. Yana uni xohishga ko‘ra 24 darajagacha yoritib olishingiz mumkin.

Elektron kitob Android 11 bazasidagi operatsion tizimda ishlaydi va turli formatlarni qo‘llab-quvvatlaydi. 2200 mA•s sig‘imidagi batareya 30 kun ishlashga qodir. Gadjet 2,5 soatda 100 foiz quvvatlanib oladi.

2 GB operativ xotira, 64 GB flesh-xotira, Bluetooth 5.0, Wi-Fi 5 ta’minotiga ega. Umumiy vazni 140 gramm.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring