Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Favqulodda vaziyatlarda mashinaning o‘zi to‘xtaydi va tez yordam chaqiradi

Favqulodda vaziyatlarda mashinaning o‘zi to‘xtaydi va tez yordam chaqiradi

Foto: Mercedes-benz

Mercedes-Benz kompaniyasi yangi CLA elektr sedanini taqdim etdi. Avtomobil WLTP standarti bo‘yicha 750 kilometr masofani bosib o‘tadi va 100 kilometrga atigi 12 kVt/soat energiya sarflaydi. Avtomobil akkumulyatorni 15 daqiqada 400 kilometr masofa yo‘l bosishga yetarli quvvatlash imkonini beruvchi 800 voltli quvvatlash tizimiga ega bo‘ldi. Shu jihatdan Tesla Model 3 uchun eng kuchli raqobatchiga aylanishi mumkin. Yangi sedanning seriyali ishlab chiqarilishi kelasi yil oxirigacha rejalashtirilgan.

Kompaniya ikkita akkumulyator variantini taklif etadi, ulardan biri yuqori energiya zichligi uchun silikon oksidli anodli, ikkinchisi esa arzonroq versiya uchun lityum temir fosfat bilan. Mashinaning dizayni ham e’tiborga loyiqdir. CLA tashqi ko‘rinishi atletik shakllar, kuchli g‘ildirak arkalari va 21 dyuymli g‘ildiraklar bilan ajralib turadi.

Bundan tashqari, avtomobil haydovchining holatini va salonda bolalar yoki uy hayvonlari borligini nazorat qilish tizimlari bilan jihozlanadi. Favqulodda vaziyatlarda tizim mashinani xavfsiz to‘xtatib, tez yordam chaqirishi mumkin bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring