Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi protez qo‘llar ham juda sezgir bo‘ladi

Endi protez qo‘llar ham juda sezgir bo‘ladi

Foto: 4pda.to

Myunxenlik robototexniklar yumshoq datchiklardan iborat nozik sun’iy terini yaratish uchun avtomatik jarayonni ishlab chiqdilar.

Ushbu sensorlar robot tizimining atrof-muhit bilan o‘zaro ta’siri haqida qimmatli fikr-mulohazalarni taqdim etadi.

Yangi sensor xuddi teriga o‘xshaydi. Yumshoq terini deyarli har qanday obyektga yopishtirish mumkin.
Bundan tashqari, tadqiqot guruhi 3D printer yordamida ishlab chiqarish jarayonini ham avtomatlashtirdi.

Qo‘llar siqilsa yoki cho‘zilsa, datchiklarning elektr qarshiligi o‘zgaradi va aynan shu tufayli protez sezgirligi ortadi.

Ushbu prinsip materialning obyektlar bilan o‘zaro ta’siri haqida tasavvurga ega bo‘lish maqsadida olimlar tomonidan qo‘llaniladi.

Datchiklar ma’lum bir vaqt mobaynida siqish va deformatsiya kuchlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring