Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Daho olimlar o‘zingiznikidek his etuvchi bionik oyoq yaratishdi

Daho olimlar o‘zingiznikidek his etuvchi bionik oyoq yaratishdi

MIT (Massachusets Texnologiya Instituti) tadqiqotchilari ilg‘or bionik to‘piq protezini yaratdilar va bemorlar bilan sinovdan o‘tkazdilar. Protez oyoq-qo‘lning qolgan qismidagi mushaklar qisqarishi haqidagi signallarni o‘qiydi va yetishmayotgan qismning ishlash algoritmini yakunlaydi, uni elektromexanik protez uchun signallarga aylantiradi. 

Eng yangi texnologiyalar tufayli oyog‘i kesilgan odam protezni 100 foiz o‘zi nazorat qila oladi. Bunday protez yordamida bemorlar raqsga tushishi mumkin, deydi olimlar.

Protezdan foydalangan holda o‘tkazilgan tajribada 14 kishi ishtirok etdi. Ular 41 foiz tezroq yura oldilar, shuningdek, tana muvozanati ham yaxshilandi. 

Olimlar ushbu texnologiya kelajakda nogironlar hayotini yanada yaxshilashga umid qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring