Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Enco R3 bilan yomg‘ir ostida miriqib sevimli ashulangni tingla!

Enco R3 bilan yomg‘ir ostida miriqib sevimli ashulangni tingla!

Foto: 4PDA

OPPO kompaniyasi bu safar fazoviy ovozli hamyonbop minigarnituralar ishlab chiqardi.

OPPOning yangi mahsuloti Enco R3 deb nomlanadi.

Bu katta drayverlarga ega, o‘yin rejimini qo‘llab-quvvatlaydigan va 35 soatgacha batareya quvvatiga ega eng arzon model, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

OPPO Enco R3 13,4 mm diametrli katta dinamik drayverlar bilan jihozlangan. Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, Purple Galaxyning xususiy ovoz sozlash funksiyasi ushbu quloqchindan yangrayotgan taronalarning ovoz ravshanligi va jonliligini yanada oshiradi.

Qolaversa, unda surround tovushni qo‘llab-quvvatlash xususiyati ham mavjud.

Ammo har to‘kisda bir ayb, deganlaridek, quloqchinlardagi faol shovqinni bekor qilishnimg imkoni yo‘q

Ammo u telefon qo‘ng‘irog‘i paytida fon tovushlarini sun’iy intellekt yordamida olib tashlaydi va suhbatingiz yanada maroqli o‘tishini ta’minlaydi.

Bundan tashqari, quloqchinda maxsus past kechikishli o‘yin rejimi ham mavjud. 

Qurilmaning akkumulyator quvvati 5,5 soatga bemalol yetadi, korpusdan quvvatlanganda esa naq 37 soatgacha bemalol xizmatingizni qiladi.

IPX4 standarti esa yomg‘ir ostida ham mazza qilib sevimli ashulangizni tinglashingizga imkon yaratadi.

Ana shunday ajoyib qulayliklarga ega quloqchinlarni siz 42 dollarga xarid qilishingiz mumkin. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring