Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

OPPO AI-funksiyali ultra yengil AR-ko‘zoynagini ishlab chiqdi

OPPO AI-funksiyali ultra yengil AR-ko‘zoynagini ishlab chiqdi

Foto: OPPO

OPPO MWC 2024 ko‘rgazmasida odam va xususiy sun’iy intellekt (AI) yordamchisi — AndesGPT o‘rtasida o‘tkazuvchi vazifasini o‘taydigan aqlli ko‘zoynaklar prototipini namoyish etdi. Gadjetning asosiy xususiyatlaridan biri uning original dizaynidir — yengilligiga qaramay, juda ko‘plab funksiyalarga ega.

OPPO ma’lumotlariga ko‘ra, Air Glass 3 XRdan foydalanish oddiy ko‘zoynakni ishlatishdan deyarli farq qilmaydi. Gadjet 1,70 aks ettirish indeksiga ega optika va maksimal yorqinligi 1000 kd/m² bo‘lgan proyeksiya displeylari bilan jihozlangan.

Qurilmaning og‘irligi bor-yo‘g‘i 50 grammni tashkil etadi — uzoq vaqt foydalanish noqulaylik tug‘dirmaydi. Ma’lumot qidirish, chat-bot bilan suhbatlashish, tasvirlarni ko‘rish, musiqa tinglash va ovozli qo‘ng‘iroqlarga javob berishda ishlatilishi mumkin. Kompaniya aksessuarning funksiyalari ro‘yxatini kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Hozirda OPPO Air Glass 3 XR prototip bosqichida, shuning uchun uning tijoriy sotuvga chiqarilish vaqti va narxi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring