Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Barcha iPad va MacBooklar OLED-ekranga ega bo‘ladi

Barcha iPad va MacBooklar OLED-ekranga ega bo‘ladi

Foto: 3dnews

2027 yilga borib Apple o‘z portfelida OLED displeyli to‘qqizta yangi qurilmaga ega bo‘ladi. Hozirda OLED displeylar iPhone smartfonlarida (iPhone SE bundan mustasno), shuningdek, Apple Watch aqlli soatlarida qo‘llaniladi.

Kelgusi yilda OLED displeyli iPad Proning ikkala modeli chiqarilgach, Apple 2026 yilda iPad mini va iPad Air‌ planshetlariga OLED texnologiyasini joriy etishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, iPad Air ekran diagonali o‘zgarishsiz qoladi - 10,9 dyuym, iPad mini‌ modeli esa hozirgi 8,3 dyuymdan oshib, 8,7 dyuymli OLED ekran diagonali bo‘ladi. 2027 yilda OLED displey 12,9 dyuymli iPad Air planshetida paydo bo‘ladi.

Apple 2025-yilda 16-dyuymli MacBook Proda, keyin esa 2026-yilda 14-dyuymli MacBook Proda OLED texnologiyasini joriy qilishi kutilmoqda. Shuningdek, 2026-yilda 13 va 15 dyuymli MacBook Air modellari OLEDga o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring