Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Asl modelga qaraganda tezroq, kuchliroq va kengroq Volkswagen ID taqdim etildi

Asl modelga qaraganda tezroq, kuchliroq va kengroq Volkswagen ID taqdim etildi

Foto: Ixbt.com

Uning o‘lchamlari 4887 x 1979 x 1895 mm, g‘ildirak bazasi 3239 mm. Ichkarida 2-3-2 standart sxemasi bo‘lgan salonga yettitagacha yo‘lovchi joylashtiriladi.

Ikkinchi qatordagi o‘rindiqlar 200 mm gacha oldinga va orqaga siljiydi va 60:40 nisbatda harakatlana oladi.

Ikkinchi va uchinchi qatorlar buklanadi va eng orqa o‘rindiqlarni esa butunlay yig‘ish ham mumkin.
282 ot kuchiga ega akkumulyator quvvati 91 kVt/soatni tashkil qiladi.

Shuningdek, mashinaning ikkinchi va uchinchi qator oynalari qoraytirilgan va u Volkswagen guruhi tomonidan taqdim etilgan eng katta lyuk bilan jihozlangan. Uzunligi 1712 mm va kengligi 1036 mm bo‘lgan ixtiyoriy panoramali tom qismi o‘zgarishi ham mumkin.

Avtomobilning standart jihozlari sirasiga elektr o‘rindiqlar, isitiladigan rul, isitiladigan eshik oynalari, atrof-muhit yoritgichi va elektr yuk eshigi kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring