Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Aqlli akvariumdagi baliqlarni masofaviy boqish mumkin

Aqlli akvariumdagi baliqlarni masofaviy boqish mumkin

Foto: Gagadget.com

Xiaomi harorat datchigi, RGB-yoritgichi, baliqlarni masofadan oziqlantirish funksiyasiga ega MiJia Smart Fish Tank aqlli akvariumini sotuvga chiqardi.

Akvarium oynavand konstruksiyali bo‘lib, suv nasosli bak, yoritgich, haroratni aniqlagich va suvni tozalovchi filtr o‘rnatilgan. Suvini har 6 oyda almashtirish kifoya.

Asosiy afzalligi — smartfondagi ilova orqali masofadan boshqariladi, ya’ni egasi boshqa joyda bo‘lsa ham baliqlarni vaqtida ovqatlantira oladi. Hozirda akvariumni Xitoyda 57 dollarga sotib olish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring