Apple kompyuterlari soxta yangilanishlar orqali hujumga uchradi

Xakerlar Apple kompyuter foydalanuvchilariga soxta brauzer yangilanishini yuborish orqali hujum qilishdi. Yangi virus Google Chrome yoki Apple Safari brauzerini yangilashni taklif qiluvchi soxta bildirishnomalar orqali tarqaladi.
Foydalanuvchilarga hujum Atomic Stealer dasturi orqali amalga oshirilmoqda. Dastur faollashtirilgandan so‘ng brauzerlarda saqlangan parollar, fayllar va kredit karta ma’lumotlarini o‘g‘irlashi mumkin.
Mutaxassislar Mac kompyuterlari egalari ehtiyot bo‘lishlari va dasturiy ta’minotni yangilash bo‘yicha shubhali takliflarga rozi bo‘lmasliklari kerakligini ta’kidladilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter