Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Apple kompaniyasi nima uchun uzr so‘radi?

Apple kompaniyasi nima uchun uzr so‘radi?

Foto: 4PDA

M4 ga asoslangan iPad Pro chiqarilgan kuni Apple birdaniga ko‘plab ijodiy kasb egalarini hayratda qoldiradigan reklama rolikini ommaga havola etdi.

Ammo ko‘pchilik kompaniyani tanqid qila boshlagach, Apple muxlislardan uzr so‘radi va xato qilganini tan oldi. Kompaniya ommadan bilvosita Ad Age orqali uzr so‘radi.

“Ijodkorlik Apple kompaniyasining qonida bor va biz uchun butun dunyo bo‘ylab ijodkorlarga kuch beradigan mahsulotlar yaratish juda muhim.Bizning maqsadimiz har doim foydalanuvchilar o‘zlarining ijodkorlik qobiliyatlarini namoyon etishlari va o‘z g‘oyalarini iPadda hayotga tatbiq etishlari uchun sharoit yaratib berish", dedi Mayren.

Gap shundaki, rolikda yangi iPad Pro go‘yoki hamma narsani o‘zgartirishga qodirdek, reklama qilingan. Boz ustiga, reklama konsepsiyasi LG kompaniyasining 2008-yildagi reklamasidan ko‘chirilgan.

iPad haqidagi reklama roliki chiqqandan so‘ng, ko‘pchilik Apple haqida salbiy fikrlar ayta boshladi. Masalan, Xyu Grant buni "inson mehnatini yo‘qqa chiqarish" deb atadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring