Apple sizning raqamli xavfsizligingizga qanday g‘amxo‘rlik qilishini bilasizmi?

Apple 2020 va 2023-yillar oralig‘ida App Store do‘konida taxminan 7 milliard dollarlik firibgarlik tranzaksiyalarining oldini oldi.
Bundan tashqari, kompaniya o‘g‘irlangan 14 million kredit kartasini bloklab qo‘ygan va 3,3 million hisobni to‘lovlarni amalga oshirishga to‘sqinlik qilgan.
2023-yilda Apple maxfiylik, xavfsizlik va kontent standartlariga javob bermaydigan 1,7 million ilovalarni rad etdi.
Shuningdek, kompaniya 118 000 ta ishlab chiquvchi akkauntlarini bloklab qo‘ydi va yangi soxta akkauntlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 91 000 ta arizani rad etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter