Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Apple devayslariga g‘ilof shart emas, baribir qirilmaydi

Apple devayslariga g‘ilof shart emas, baribir qirilmaydi

Foto: Habr

Apple smartfonlar va boshqa mobil qurilmalar uchun qirilishga chidamli korpusni patentladi. Bu g‘iloflarga hojat qoldirmaydi.

Korpusning asosiy materiali sifatida shisha, metall, keramika va yelimdan foydalanilgan. Burchaklari bir nechta material kompozitsiyalari yordamida orqa devorga qaraganda qattiqroq ishlanadi. Natijada u ancha baquvvat bo‘ladi va huda-behudaga qirilib ketmaydi.

Kompaniya xuddi shunday korpus elementi nafaqat smartfonlarda, balki soatlar, planshetlar va noutbuklarda ham qo‘llanilishi mumkinligini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring