Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Android Auto foydalanuvchilari GPS bilan bog‘liq muammoga uchrashdi

Android Auto foydalanuvchilari GPS bilan bog‘liq muammoga uchrashdi

Foto: Ixbt.com

Googlening avtomobil platformasi foydalanuvchilari barqaror Android Auto 10.5 yangilanishi chiqqanidan keyin GPS signalidagi muammolar haqida shikoyat qila boshladilar.

Bir nechta foydalanuvchilar signal birdaniga bir necha soniya davomida g‘oyib bo‘lgani va navigator qotib qolgani, biroq bir necha daqiqadan so‘ng u jonlanib, odatdagidek ishlashda davom etgani haqida xabar berishdi. Bu muammo nafaqat Google Maps, balki Waze ilovasiga ham ta’sir qiladi.

Afsuski, Google ishlab chiquvchilari hali GPS bilan bog‘liq muammolarni tan olishmagan. Biroq Android Auto tez-tez yangilanib turishini hisobga olgan holda, muammo yaqin orada hal bo‘lishiga umid qilish mumkin. Hozircha foydalanuvchilarga eski versiyaga o‘tib turish tavsiya etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring