Android 14 da juda foydali funksiya ishga tushadi

Android 14 da juda foydali funksiya — drag-and-drop ishga tushadi.
Yangi funksiya (Android 14 beta-talqinida paydo bo‘lgan) ilovalar o‘rtasida, ular ochiq bo‘lmasa ham, kontent ko‘chirib o‘tkazish imkonini beradi. Ilgari drag-and-drop faqat ajratilgan ekran rejimida ishlagan.
Android 14 da foydalanuvchilar kontentni butun tizim bo‘ylab ko‘chirishlari mumkin bo‘ladi. Buning uchun matn yoki fayl bir barmoqda bosilib, ikkinchi ilovaga o‘tish uchun boshqa barmoq ishlatiladi.
Xuddi shu funksiya iOS da bor edi, Google ham ortda qolmayotgani quvontiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter