Agar iPhone 15 Proga pulingiz yetmasa...

To‘rtinchi avlod iPhone SE smartfoni sezilarli darajadagi o‘zgarishlarga ega bo‘lishi kutilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, iPhone SE 4 smartfonining nafaqat dizayni, balki iPhone 15 Pro flagman smartfonlarida paydo bo‘lgan harakat tugmasi va USB-C ulagichiga ham ega bo‘ladi.
Bu esa iPhone 15 sotib olishga juda qiziqayotgan ammo cho‘ntagi dosh bermayotgan Apple ishqibozlari uchun ayni muddaodir.
Bu hali hammasi emas, Apple kompaniyasining mazkur hamyonbop smartfoni, hali mashhurlik zinapoyasidan tushib ulgurmagan iPhone 14 ning OLED ekrani va Face ID yuz skanerini ham o‘zlashtirib olibdi.
Shuningdek, yangi iPhone SE 48 megapikselli bitta kamera va antiqa yoritgich bilan ham jihozlanadi. Kompaniya ayni damda qurilma uchun ikki xil dizaynni sinovdan o‘tkazmoqda.
Birinchi variantda kamera va yoritgich birgina cho‘zinchoq blokga birlashtirilgan bo‘ladi. Ikkinchi dizaynga ko‘ra esa kamera korpus ustidan bo‘rtib chiqib turadi, yoritgich esa korpus bilan bir tekisda joylashgan bo‘ladi.
Shaxsan sizga qaysi dizayn ko‘proq ma’qul kelmoqda? Izohlarda yozib qoldirishni unutmang!
Ha aytgancha, iPhone SE 4 smartfonini hozir emas, 2024 yilning bahorida sotib olishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter