7 yildan beri mingdan ortiq xodim Apple ko‘zoynagini yasash bilan band

Apple kompaniyasi virtual reallik ko‘zoynagini chiqarmoqchi. Hozirda uning ustida mingdan ortiq xodim ishlamoqda. Nomi Apple Reality Pro. 7 yildan beri yasalayotgan ko‘zoynak ko‘z va qo‘l harakatlarini kuzatadi.
Tashqi kameralarini ishlatgan holda foydalanuvchining qo‘l harakatlarini tahlil qiladi, datchiklar esa ko‘zni kuzatadi. AR rejimi yoqilsa, atrof-muhit bilan aloqaga kirishadi.
To‘liq quvvat bilan 2 soat ishlay oladi. Akkumulyatori ancha katta - iPhone 14 Pro Max smartfoniga ikkita keladi. Ko‘zoynakda kinoteatr rejimi mavjud bo‘lib, u tasvirni katta VR ekranda ko‘rish uchun kerak.
Gadjet shu yili sotuvga chiqadi. U taxminan 3 ming dollarga narxlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter