Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

600 km gacha to‘xtamasdan yuradigan Mazda EZ-6

600 km gacha to‘xtamasdan yuradigan Mazda EZ-6

Foto: 4PDA

Yaponiya avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Mazda 6 ning vorisi bo‘lmish yangi Mazda EZ-6 elektromobilini taqdim etdi.

Mazda va Changan hosilasi bo‘lgan yangi mahsulot yaxshi quvvat zaxirasi va kuchli Sony akustikasi bilan ajralib turadi.

Autohome ma’lumotlariga ko‘ra, yangi avtomobil Mazdadan dizayn va shassi konfiguratsiyasini o‘zlashtirgan bo‘lsa, qolgan barcha xususiyatlarni Changandan meros qilib olgan.

Elektr avtomobil kuzovi katta old bamper va cho‘zilgan faralar bilan soddalashtirilgan shaklga ega. Modelning noodatiy xususiyatlaridan biri eshiklarga o‘rnatilgan tutqichlardir.

Elektrokarning uzunligi 4921 mm, kengligi 1890 mm, balandligi esa 1485 mm. G‘ildirak bazasining kengligi hali aniqlanmagan.

Elektr stansiyasining kuchi hali e’lon qilinmagan, ammo bir quvvatlanishda 600 km gacha masofa bosib o‘ta oladi. Asosiy versiya 215, yuqori versiyasi esa 255 ot kuchiga ega.

Elektrokarning saloniga 14,6 dyuymli ekran o‘rnatilgan bo‘lib, bort tizimining ishlashi uchun Snapdragon 8155 protsessori, atmosfera yoritgichi va panoramali tom mas’ul.

Bundan tashqari, kompaniya 600 km gacha to‘xtamasdan yuradigan Mazda EZ-6 ning gibrid modifikatsiyasini ham e’lon qildi. Uning xarakteristikalari va narxi hali oshkor etilmagan, faqatgina quvvat zaxirasi ma’lum. Mashinaning ikkala versiyasi ham yilning ikkinchi yarmida sotuvga chiqariladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring