Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Smartfonni quvvatlantirishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan 3 ta xato

Smartfonni quvvatlantirishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan 3 ta xato

Foto: Rbclife.ru

Mutaxassislar smartfonni quvvatlantirayotib batareyaga yetkaziladigan eng katta xatolarni sanab o‘tdilar.

  1. G‘ilofni yechmaslik. Smartfonni g‘ilof bilan birga quvvatlantirish akkumulyatorning qizib ketishiga olib keladi. Shuningdek, korpusdagi ulagichga ham qolipdek tushmaydi va unga zarar yetkazib qo‘yadi. Buni hisobga olgan holda quvvatlantirish oldidan g‘ilofni yechishga erinmang.
  2. Tezkor quvvatlanishdan foydalanish. Haqiqatdan ham smartfondan shoshilinch foydalanish talab etilmagan taqdirda buni qo‘llash, doimiy ravishda tezkor quvvatlanish rejimida saqlash batareyaning degradatsiyasiga sabab bo‘ladi. Bir yillardan keyin telefoningiz charchagani yaqqol seziladi.
  3. Quvvat foizi 5 ga kelganda ulash. Bu yomon odatlar ichida eng xavflisidir. O‘ta past foiz yoki o‘chib bo‘lganidan keyin quvvatlantirish akkumulyator va umuman olganda telefon apparatiga katta zarar yetkazadi. Yaxshisi - 15-20 foizni ko‘rsatganida quvvatlagichga ulang.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring