Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mana nima uchun 24 soat bizga yetmayapti

Mana nima uchun 24 soat bizga yetmayapti

Foto: Ixbt.com

Bir milliard yildan ko‘proq vaqt davomida Yer o‘z o‘qi atrofida kuniga atigi 19,5 soat mobaynida aylanayotgani ma’lum bo‘ldi.

Toronto universiteti olimlari qiziqarli tadqiqot natijalari bilan o‘rtoqlashdi. Astrofiziklar guruhi Oyning to‘lqinlar oqimi tufayli Yerdagi kun uzayishi milliard yildan ko‘proq vaqt davomida to‘xtab qolganini aniqlashdi.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, taxminan ikki milliard yil avval Quyosh tomonidan yuzaga kelgan atmosfera to‘lqinlari Oyning ta’siriga qarshi chiqib, natijada Yerning o‘z o‘qi atrofida doimiy aylanish tezligi va doimiy kun davomiyligi 19,5 soatga tushib qoldi.

Universitet olimlarining ta’kidlashicha, agar bunday bo‘lmaganida, hozirgi 24 soatlik kun 60 soatdan ko‘proq vaqtga cho‘zilgan bo‘lar edi.

Olimlar geologik ma’lumotlarga asoslanib, ​​atmosferani tadqiq qilish vositalaridan foydalangan holda Quyosh va Oy o‘rtasidagi to‘lqinlarning turg‘unligi atmosfera harorati va Yerning aylanish tezligi o‘rtasidagi aloqa bilan bog‘liqligini ko‘rsatdi.

Oy taxminan 4,5 milliard yil oldin paydo bo‘lgan kezlar Yerdagi bir kun 10 soatdan kamroq davom etgan. Ammo o‘shandan buyon Oyning tortishish kuchi sayyoramizning aylanishini sekinlashtirdi va bu kunning cho‘zilishiga sabab bo‘ldi. Aytish joizki, kunimiz har asrda taxminan 1,7 millisekundga cho‘zilishda davom etmoqda.

Maqola mualliflaridan biri, professor Norman Myurreyning tushuntirishicha, Quyosh atmosfera to‘lqinlari deb ataladigan vaziyatni keltirib chiqaradi. Biroq, bu Oy kabi Yerning aylanishini sekinlashtirish o‘rniga, aksincha, uni tezlashtiradi.

Oyning zarbasi esa Quyoshnikidan taxminan 10 barobar kuchliroq, shuning uchun ham u Yerning aylanishini sekinlashtiradi.

Ammo Quyosh va Oy bir-birini muvozanatlashtird va natijada kunning uzunligi uzayishdan to‘xtadi.

Tadqiqotchilarning aytishicha, hozirgi kunda tez-tez sodir bo‘layotgan anomal issiqlik kelajakda kun uzunligini sezilarli darajada oshirishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring