Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilon Mask: “Birgina yordamchim bor, u ham yarim stavkada ishlaydi” (intervyu)

Ilon Mask: “Birgina yordamchim bor, u ham yarim stavkada ishlaydi” (intervyu)

Foto: WSJ

23-may, seshanba kuni Ilon Mask The Wall Street Journalga intervyu berdi. Zamonamizning eng boy va mashhur kishilaridan biri ushbu suhbatda nimalar dedi? Eng qiziq savollarga javoblarni quyida o‘qing!

1. “Marsga uchuvchilarga qo‘yiladigan asosiy talablar — sog‘lom fikrlash va barqarorlik. Axir parvozning yarmida kimdir aqldan ozib, shlyuz (eshik)ni ochib yuborishini istamaysizku”.

2. “Mendan: “O‘zga sayyoraliklar mavjudligini isbotlovchi biron dalilingiz bormi, deb ko‘p so‘rashadi: to‘g‘risi, ularni ko‘rmaganman, grin-kartani qo‘lga kiritgan paytimda cho‘ntagimdagi o‘zga sayyoralikning ro‘yxatdan o‘tganlik kartasini hisoblamaganda” (asli janubiy afrikalik bo‘lgan Mask o‘zini “o‘zga sayyoralik” deb hazil qilgan).

3. “Aksariyat amerikaliklar hukumat tepasida “normal” odam o‘tirishini afzal bilishadi. Men ham shunday fikrdaman. Shunday bo‘lsa barchamiz uchun maqbul, deb o‘ylayman”.

4. “Ko‘pchiligimiz taraqqiyot toabad va uni uni hech kim buza olmaydi deb o‘ylaymiz — imperiyalar tarixida bunday fikrlar ularning tanazzuli arafasida, ayniqsa, keng tarqalgan. Hozir dunyoda imperiyaning ana shu so‘nggi bosqichi hukm surmoqda”.

5. “Hech kimga kriptovalyutalar sotib olishni, Dogecoin fermalariga pul tikishni yoki shunday narsalarni tavsiya qilmayman. Balki bilganingizdan qolmassiz, ammo maslahat berish burchim, bu qo‘lingizdan keladi, biroq oqilona qarormas. Dogecoin — mening sevimli kriptovalyutam, eng yaxshi yumor unda, itlari ham bor.

6. Har bir kompaniyada oldinga tortuvchi odamlar, shuning barobarida oyoqqa tushov bo‘luvchilar topiladi. Twitterda shunday bo‘lgandi: 10 kishilik majlisda bir kishi akselerator (oldinga tortuvchi), qolganlar esa tormoz bo‘lgandi. Shuning uchun ham ular uzoqqa ketishmadi”.

7. “Bizda OpenAI, Microsoft, Google DeepMind bor va bu poygaga to‘rtinchi ot ham qo‘shilishi mumkin” (Mask sun’iy intellekt sohasidagi kurashga hademay Tesla ham qo‘shilishiga ishora qilgan).

8. “Bu (sun’iy intellekt) ko‘p jihatdan ikki tig‘li qilichni eslatadi. Agar sizda ham narsani muhayyo qiluvchi va bajaruvchi jin bo‘lsa, unda albatta xavf ham yoningizda. Menimcha, sun’iy intellektning hukumatlar darajasida ilk qo‘llanilishi qurollanish texnologiyalari sohasida bo‘ladi”.

9. “U (sun’iy intellekt) Terminatorga aylanishi ehtimoli nulga teng. U insoniyatni yo‘q qilib yuborishi ehtimoli yo‘q hisobi. Yoki sayyoramizdagi barcha odamlarning xavfsizligini nazoratiga oladi, Yerdagi jami hisoblash tizimlari va qurollanish tizimlarini tizginlab, go‘yoki superenagaga aylanadi.

10. Xitoy va Tayvan o‘rtasida o‘sib borayotgan ziddiyat haqida: “Bu ketishda katta mushtlashuvgacha o‘sib borishi ehtimoli katta. Bu haqda o‘ylash ham qo‘rqinchli, jahon iqtisodiyoti uchun halokatli oqibatlarini tasavvur ham qilish qiyin. Iqtisodiy tomonlama Xitoy va Tayvan siam egizaklariga o‘xshaydi. Agar bu amalga oshsa (urush chiqsa), ajralish chindan ham dahshatli bo‘ladi”.

11. Ilon Maskning vorislari haqida: “Muayyan odamlar bor, men buni direktorlar kengashida aytganman: “Agar men bilan kutilmagan hodisa yuz bersa, o‘rnimni kimlar egallashi kerakligini tavsiya qilganman. Albatta, yakuniy qarorni ular qabul qilishadi.

Vorislik — eng murakkab va abadiy muammolardan biri. Mamlakatlar, qirollar, prezidentlar, bosh vazirlar, kompaniyalar rahbarlarini tarix ibtidosidan buyon shu masala qiynab keladi. Buning tayyor yechimi yo‘q”.

O‘z bolalarim, hatto ularda qiziqish, moyillik va qobiliyat bo‘lgan taqdirda ham, kompaniyalarimda avtomat tarzda ulushga ega bo‘lishlari tarafdori emasman. Buni xato deb hisoblayman.

12. Ilon Mask taym-menejment (vaqtdan unumli foydalanish) haqida: “Kompaniyalarni kunbay taqsimlashga harakat qilaman, shuning uchun, masalan, bugun Tesla kuni. Balki g‘alati tuyular, mening yarim stavkada ishlovchi bor-yo‘g‘i birgina yordamchim bor. Ko‘p ishlar ro‘yxatini o‘zim tuzaman, shuning uchun istiqbolda (keyin) nimalar bo‘lishini o‘zimdan boshqa yana birov bilishi mumkin emas”.

13. Ilon Mask hozir Tesla zavodini qurish uchun qaysi mamlakat qiziq tuyulayotgani haqida: “Ehtimol, biz shu yil oxirida yangi joy borasida bir to‘xtamga kelib olamiz”.

Shu savolga qo‘shimcha berilgan “Hindiston qiziqmi” degan savolga Ilon Mask shunday javob berdi: “So‘zsiz”.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring