Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 23,6 foizga oshdi — Statistika agentligi

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 23,6 foizga oshdi — Statistika agentligi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar–iyul oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining ulushi 6,8 foizni tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich 2022-yilning yanvar–iyul oylariga nisbatan solishtirilganda 23,6 foizga oshgan.

Hududlar kesimida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining o‘sish sur’atlari:

  • Qoraqalpog‘iston R. — 123,9 foiz
  • Andijon viloyati — 124,3 foiz
  • Buxoro viloyati — 121,7 foiz
  • Jizzax viloyati — 122,4 foiz
  • Qashqadaryo viloyati — 123,0 foiz
  • Navoiy viloyati — 123,9 foiz
  • Namangan viloyati — 125,4 foiz
  • Samarqand viloyati — 123,7 foiz
  • Surxondaryo viloyati — 128,0 foiz
  • Sirdaryo viloyati — 124,6 foiz
  • Toshkent viloyati — 123,7 foiz
  • Farg‘ona viloyati — 120,7 foiz
  • Xorazm viloyati — 124,8 foiz
  • Toshkent shahri — 123,5 foiz.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring