Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 23,6 foizga oshdi — Statistika agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar–iyul oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining ulushi 6,8 foizni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2022-yilning yanvar–iyul oylariga nisbatan solishtirilganda 23,6 foizga oshgan.
Hududlar kesimida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining o‘sish sur’atlari:
- Qoraqalpog‘iston R. — 123,9 foiz
- Andijon viloyati — 124,3 foiz
- Buxoro viloyati — 121,7 foiz
- Jizzax viloyati — 122,4 foiz
- Qashqadaryo viloyati — 123,0 foiz
- Navoiy viloyati — 123,9 foiz
- Namangan viloyati — 125,4 foiz
- Samarqand viloyati — 123,7 foiz
- Surxondaryo viloyati — 128,0 foiz
- Sirdaryo viloyati — 124,6 foiz
- Toshkent viloyati — 123,7 foiz
- Farg‘ona viloyati — 120,7 foiz
- Xorazm viloyati — 124,8 foiz
- Toshkent shahri — 123,5 foiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter