Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uy roboti MOSAIC taomlar tayyorlay oladi   

Uy roboti MOSAIC taomlar tayyorlay oladi    

Foto: 4PDA

Kornel universiteti xodimlari oziq-ovqat tayyorlash jarayonida odamga yordam berish uchun mo‘ljallangan robot yordamchini taqdim etdi. Ishlanma allaqachon olti xil taom tayyorlashda yordam bera oladi va ovozli buyruqlar orqali inson nutqini tushuna oladi.

Muhandislar modulli MOSAIC arxitekturasini ishlab chiqdilar, bu robotlarga kundalik uy ishlarini bajarishga va hatto ovqat tayyorlashda yordam berishga imkon beradi. Tizimga interaktiv vazifalar rejalashtiruvchisi, ob’yektni aniqlash va robot harakatini rejalashtirish uchun arxitektura hamda inson harakatini bashorat qilish moduli kiradi.

Mualliflar ikkita robotli tizim — Stretch Robot RE1 mobil qo‘li va Franka Emilka Research 3 ish stoli qo‘lidan foydalangan holda 60 ta sinov o‘tkazdilar. Ikkala modul ham odamga ikki xil salat, uch xil sho‘rva va sendvich tayyorlashga yordam berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring