Sun’iy intellekt: Google va Microsoft hind dasturchilarini ishga olmoqchi

Hozir Hindistonda 5 mln nafar dasturchi bor. Balki shuning uchundir, ikki texnogigant — Google va Microsoft Hindistonga diqqatini kuchaytirishni boshladi va bu yurtning mutaxassislari bilan ishlashmoqchi.
Tez orada Hindistonga Microsoft bosh direktori Satya Nadella tashrif buyuradi. Turli kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazish va kamida 100 ming nafar sun’iy intellekt sohasidagi mahalliy dasturchilar uchun trening o‘tkazishni rejalashtirgan. Birinchi uchrashuv mamlakatning eng yirik texnologiya markazi — Bangalorda, ikkinchisi Mumbayda bo‘lib o‘tadi.
Xuddi shu paytda Hindistonga Google ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha direktori Jeff Din ham keladi. U ham Bangalorga boradi, dasturchilar, tadqiqotchilar va startaplar asoschilari bilan uchrashadi. Hind mutaxassislari bilan Hindistonning sun’iy intellekt texnologiyalaridagi rolini hamda ularning jamiyatga ta’sirini muhokama qilmoqchi.
E’tiborli tomoni, ikki gigant, ikki raqobatchi kompaniya rahbarlari asli hindistonliklar — Satya Nadella (Microsoft raisi va bosh direktori) 1967-yilda Haydarobodda, Sundar Pichai (Google bosh direktori) 1972-yilda Madurayda tug‘ilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter