Midjourney Eyfel minorasini “yoqib yubordi”

Internetda yonayotgan Eyfel minorasi suratlari tarqaldi. Ijtimoiy tarmoqlar, ayniqsa X va Instagramda qo‘lma-qo‘l bo‘lgan suratlar 87 million marta ko‘rilib, vahima uyg‘ondi.
Ammo yong‘in yo‘q edi, balki barcha fotosuratlar Midjourney V6 yordamida mohirlik bilan ishlangandi. Blogerlar buni payqamadilar va "minora hech qachon tiklanmaydi" kabi dahshatli sarlavhalar bilan yangilik yozishga tushdilar.
Feyk rasmlar yaratuvchi neyrotarmoqlar ommalashgan bugungi kunda faktcheking qanchalik muhimligini his qilyapsizmi?
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter