Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

GPT-4 “orqadan pichoq urdi”, u dasturchilar o‘rnini ham bosmoqchi

GPT-4 “orqadan pichoq urdi”, u dasturchilar o‘rnini ham bosmoqchi

Foto: Shutterstock

Tarmoq nashrlarining xabar berishicha, bir qator startaplar dasturchidan pul tejash maqsadida GPT-4 til modelidan foydalana boshlagan. Aytishlaricha, AI kod ishlab chiqarishga qodir.

Masalan, Landscape startap asoschisi Jo Perkins Twitter da neyron tarmog‘i yordamida beshta mikroservis uchun kod yozgani, bunga atigi 3 soat vaqt ketgani va qoniqarli darajada bo‘lib chiqqanini aytdi. Agar hamma narsa qo‘lda yozilsa, bir necha hafta va 5 ming funt sterling talab etilar edi.

Perkins bilan suhbatlashgan Vice nashriga ko‘ra, u maktabda informatika fanini o‘rgangan, biroq uning bilimi kodni yozish uchun emas, balki faqat kodni tushunish uchun yetarli bo‘lgan. Shunday qilib, GPT-4 to‘g‘ri yechim yedi. Perkins ishlab chiquvchilar bilan hamkorlik qilishda davom etsada, til modeli rivojlanishni soddalashtiradi, uni tezlashtiradi va pulni tejaydi.

Ammo Jorjiya Texnologiya Institutining onlayn ta’lim bo‘yicha ijrochi direktori Devid Joyner til modellari dasturchilarning o‘rnini bosa olmaydi, dedi. Ular yordamchi bo‘lib, ba’zi ishlarni o‘z zimmalariga olishlari mumkin.

Shunday qilib, GPT-4 tez orada bozorda talab qilinadigan vositaga aylanadi va ishlab chiquvchilar talabga ega bo‘lish uchun undan qanday foydalanishni o‘rganishlari kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring