Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Endi reyelsmeyker kerak emas, Stable Diffusion bilan videolaringiz tezroq topga chiqadi!

Endi reyelsmeyker kerak emas, Stable Diffusion bilan videolaringiz tezroq topga chiqadi!

Foto: 4PDA

Stability AI kompaniyasi rasmlar yordamida qisqa videolar yarata oladigan yangi sun’iy intellekt modelini taqdim etdi.

Kompaniya sun’iy intellekt ishining namunalarini ko‘rsatdi, ushbu yo‘nalishdagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

Stable Diffusion nomli neyron tarmoq ikkita versiyada taqdim etilgan: SVD va SVD-XT. Birinchisi tasvirlarni 576x1024 pikselli va 14 kadrli videolarga aylantiradi, ikkinchisi esa 24 kadrli videolar ishlab chiqarishga qodir.

Hozircha neyron tarmoq faqat harakatlanuvchi kamera burchaklari va ob’yektlarning sekin harakatlanishi bilan videolarni yaratishi mumkin.

Ammo ishlab chiqaruvchilarning fikriga ko‘ra, u hali odamlar, yuzlar va matnlarni to‘g‘ri talqin eta olmaydi.

Stability AI kompaniyasi neyron tarmoq 360 darajali video yaratish uchun qo‘shimcha xususiyatlarga ega bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydi.

Keyinchalik kompaniya matn so‘rovi asosida videolarni yaratishga qodir yangi modelni ham taqdim etish niyatida.

Ana shundagina undan reklama, o‘yin-kulgi va ta’lim berish maqsadlarida foydalanish mumkin.
Siz GitHubda Stable Video Diffusionning manba kodini ko‘rishingiz va kompaniyaning rasmiy veb-saytida matn orqali video yaratish xizmati uchun navbat kutish ro‘yxatiga yozilishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring