Endi Apple siz haqingizda asar yozadi

Apple kompaniyasi shaxsiy kundalik ilovasini qayta ixtiro qildi. Bu gal u ilovaga AI qo‘shdi va uni Journal deb nomladi. Journal shu yil oxirida sotuvga chiqariladi.
Kuni kecha bo‘lib o‘tgan tadbirda Apple boshqa yangiliklar qatorida ushbu ilovani ham taqdim etdi.
Ilova sizning kun davomida bajargan ishlaringiz, hayotingizdagi unutilmas voqealarni muxrlab boradi.
Qolaversa, smartfonning o‘zi kundalik yozishingiz uchun turli g‘oyalarni taqdim etadi.
Dastur foydalanuvchi hayotidagi ba’zi muhim voqealarni belgilash uchun xaritalar (geolokatsiya), musiqa pleyeri, foto va video galereyasi, podkastlar, kontaktlar va boshqalarni o‘z ichiga olgan turli ilovalardagi ma’lumotlarni tahlil qiladi. Albatta, bu borada unga AI yordam beradi.
Masalan, ilova sayohatlarda olingan fotosuratlar va videolarni birlashtira oladi va sizga bu haqda qandaydir eslatma yozishni taklif qiladi.
Foydalanuvchining o‘zi qaysi ilovalaridan ma’lumot olishni tanlashi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter