Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

ChatGPT ilovasi iPhone va iPad uchun yanada yaxshilandi

ChatGPT ilovasi iPhone va iPad uchun yanada yaxshilandi

Foto: Ixbt.com

OpenAI iOS uchun rasmiy ChatGPT ilovasini foydali va qulay funksiyalar bilan yangiladi.
Ilova iPad uchun optimallashtirilgan va to‘liq ekran rejimida ishlaydi.

Qolaversa, ilova Siri ovozli yordamchisi bilan chuqur integratsiyaga ega. Endi foydalanuvchilar Siridan bemalol ChatGPT ilovasini ochishni so‘rashlari mumkin.

Yana bir yangi xususiyat shundaki, siz xabarlarni ChatGPT ilova interfeysidan qurilmadagi boshqa ilovalarga ham o‘tkazishingiz mumkin.

Dastlab ChatGPT ilovasi iOS uchun mart oyining o‘rtalarida AQShda debyut qilindi, keyin esa dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlarida undan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi.

ChatGPT ilovasidan foydalanish bepul, lekin ChatGPT Plus xizmati oyiga $19,99 turadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring