Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bog‘dagi meva pishgan-pishmaganini robotdan so‘raysiz

Bog‘dagi meva pishgan-pishmaganini robotdan so‘raysiz

Foto: Exodus-truck.ru

Rossiyalik olimlar bog‘bonlarga yordam beradigan noyob dronni taqdim etishdi. Bu boshqacha qilib aytganda robot bo‘lib, hosilni kuzatish, kasal va shikastlangan mevalarni topishga qodir. Nomi BotANNIC.

Robot stereo kameralar, lidar sensorlar va aloqa antennalari bilan jihozlangan. Ushbu vositalar to‘plami yerning holatini to‘liq baholash imkonini beradi.

U kun bo‘yi bog‘ atrofida aylanib, o‘simliklarni tekshiradi. Asosiy vazifasi hasharotlar, zararlangan barglar yoki mevalarni topish va ularning joylashuvi haqida odamlarga xabar berishdir. Bundan tashqari, mevaning holatini kuzatib boradi. Masalan, olma pishganini va uni terish vaqti kelganini aytishi mumkin.

Kelajakda olimlar uni hasharotlar va begona o‘tlarni yo‘q qiladigan lazerli qurol bilan jihozlashni rejalashtirmoqda. Shuningdek, muhandislar past sifatli meva-sabzavotlarni yig‘ish yoki saralash uchun manipulyator qo‘l o‘rnatish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqdalar.

Robot 200 kg yuk ko‘tarish quvvatiga va 500 Vt dvigatelga ega. Ekinlarning holatini aniqlash samaradorligi 80 foizni tashkil qiladi. Agronomlarning fikriga ko‘ra, BotANNIC yordamchi sifatida ishlaydi, lekin odamning o‘rnini to‘liq bosolmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring