AMD sun’iy intellekt uchun yangi protsessorlarni taqdim etdi
AMD shaxsiy kompyuterlar uchun yangi Ryzen 9000 protsessorlarini va noutbuklar uchun Ryzen AI 300 protsessorlarini taqdim etdi. Yangi chiplar foydalanuvchilarga yuqori unumdorlikni va sun’iy intellektni qo‘llab-quvvatlashni va’da qiladi.
Kompyuterlar uchun Ryzen 9000 Zen 5 arxitekturasida qurilgan va oldingi avlodga qaraganda 16 foiz yaxshiroq ishlashni taklif qiladi. Ryzen 99950X iste’mol bozori uchun eng tezkor protsessor deb topildi.
Ryzen AI 300 kuchli neyron protsessorlar (NPU) va Radeon 800M grafikasi bilan jihozlangan. Ular yangi SI platformasi Windows Copilot+ bilan ishlaydigan noutbuklar uchun mos keladi.
Yangi Ryzen chiplari foydalanuvchilarga yuqori unumdorlik, SI ilovalarini qo‘llab-quvvatlash va noutbuklar uchun batareya quvvatini oshirishni va’da qiladi. AMD hamkorlari, jumladan, Acer, Asus, HP, Lenovo va MSI allaqachon Ryzen AI 300 asosidagi yangi noutbuklarni tayyorlamoqda. Microsoft ham o‘z ishtirokini tasdiqladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter